25 Dekabr 2023

Ipoteka-bank OTP Bankdan 70 million dollarga qo‘shimcha kapitallashuv oldi

“Ipoteka-bank” matbuot xizmati asosiy investor – “OTP Bank”dan qo‘shimcha investitsiyalar jalb etilishi haqida ma’lum qildi, deb xabar beradi Spot.

Shu maqsadda kredit tashkiloti 844,63 milliard dona oddiy aksiyalar paketini chiqardi. Emissiyaning butun hajmi tomonlar o’rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq Vengriya bankiga joylashtirildi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar orqali qoʻshimcha kapitallashuv hajmi qariyb 70 million dollarni tashkil etdi. Tranzaksiyadan soʻng OTP Bankning “Ipoteka-bank” ustav kapitalidagi ulushi 75 foizdan 79,6 foizga oshdi.

Bankning ustav kapitali hajmi 28,3 foizga o‘sib, 3,83 trillion so‘mga yetdi. Bu “O‘zbekiston moliyaviy xizmatlar bozoridagi mavqeini mustahkamlashga hissa qo‘shishi” kutilmoqda.

OTP Bank O‘zbekiston bilan bir yil avval Ipoteka-bankning 75 foizini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. O’shanda bitim 2023 yilning iyuliga qadar yakunlanishi rejalashtirilgani xabar qilingandi.

Mart oyida prezident bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda bitim byudjetga 324 million dollar daromad keltirgani maʼlum boʻldi.Vengriya banki iyun oyida “Ipoteka-bank” aksiyalarining 73,7 foizini sotib olish jarayonini yakunlagan va kelgusi yilda 25 foiz aksiyalarni sotib olish rejasini eʼlon qilgan edi. uch yil.