O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriev O‘zbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Eronning Golrang Pharmaceutical Investment Co kompaniyasi boshqaruvi raisi Qosim Ali Ashofteks o‘rtasidagi onlayn muzokaralarda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Muzokaralar chog‘ida Eron kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonda farmatsevtika va dorivor mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
‘‘Golrang Pharmaceutical Investment Co’’ kompaniyasi O‘zbekistonda og‘riq qoldiruvchi vositalar ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etish bo‘yicha taqdimotini taqdim etdi.
Eron tomoniga O‘zbekistonda farmatsevtika va tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy kompaniyalarga, shuningdek, mamlakatimiz hududlarida faoliyat yuritayotgan farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalariga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Elchisi Fariddin Nasriev “Golrang Pharmaceutical Investment Co” kompaniyasi delegatsiyasini 10-sentabr kuni Xorazm viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston-Eron biznes-forumida ishtirok etishga taklif qildi.