[widget id="qtranslate-2"]
20 may 2024

“Unifrutti” kompaniyasi O’zbekiston bozoriga kirmoqchi

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov BAAning “Unifrutti” kompaniyasi bosh direktori Muhamad Elsarki bilan muzokaralar oʻtkazdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Unifrutti 1948-yilda ADQ kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan va bugungi kunda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotish boʻyicha yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya 50 ta davlatda, jumladan, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Afrika, Turkiyada faoliyat yuritib, bozorga 300 dan ortiq turdagi meva-sabzavotlarni yetkazib bermoqda.

Uchrashuv chogʻida qishloq xoʻjaligi sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlik istiqbollari, xususan, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va Yaqin Sharq, Yaponiya va Xitoyga eksport qiluvchi qoʻshma korxonalar tashkil etish  masalalari muhokama qilindi.