[widget id="qtranslate-2"]
01 noyabr 2023

Kuban kompaniyasi O‘zbekistonda dronlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

“Летай и Смотри Агро” MChJ bosh direktori Vasiliy Ptitsin va O‘zbekistondagi “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari Habib Abdullaev “O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchish tizimlarini o‘zimizda ishlab chiqarishni yaratish” investitsiya dasturini amalga oshirish bo‘yicha Memorandumni imzoladilar. ” Bu haqida “Коммерсантъ” xabar bermoqda.

Navoiyda rossiyalik mutaxassislar ishtirokida qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun dronlar ishlab chiqilishi va ishlab chiqarilishi, shuningdek, tashqi bozorlarga (jumladan, Rossiya) eksport qilinishi rejalashtirilgan. Besh yillik muddatda dasturning umumiy qiymati 80 million dollarni tashkil etadi.

Loyiha O‘zbekistonda malakali kadrlar tayyorlash, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida tegishli korxona va dasturga jalb qilingan respublika sanoat korxonalarini boshqarish tizimini yaratishni nazarda tutadi.

“Rossiyadan mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, Oʻzbekiston tomonining koʻmagi va ishlab chiqarish salohiyati uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishga, keyinchalik eksportga ham turtki beradi”, — deya taʼkidladi Oʻzbekistonni Yaqin Sharq investitsiya bozorlariga kirish uchun tramplin sifatida ko’radigan “Летай и Смотри Агро” kompaniyasi.