04 Dekabr 2023

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi, deb xabar beradi davlatimiz rahbari matbuot xizmati.

Suhbat Dubay shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Keng ko‘lamli strategik sheriklikni yanada kengaytirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Ilgari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi, shu jumladan O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.