06 May 2024

Malayziya O‘zbekiston bilan o‘zaro savdo hajmini oshirishdan manfaatdor

O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziya investitsiya, savdo va sanoat vaziri Zafrul Abdul Aziz bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi muxbiri.

Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bozori va iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan O‘zbekistonga Malayziya hukumati alohida e’tibor qaratayotgani alohida ta’kidlandi.

Malayziya O‘zbekiston bilan yaqin savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va ikki tomon o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishdan manfaatdor ekani qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida har ikki tomonning yirik kompaniyalari vakillari ishtirokida loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish uchun mavjud salohiyatdan keng foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishildi.