Joriy yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Masdar kompaniyasi bosh ijrochi direktori Muhammad al-Ramahi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi ISSV matbuot xizmati. Tomonlar diqqat markazida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarining muhokamasi boʻldi.
Xususan, Samarqand, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 897 MVt bo‘lgan 3 ta fotoelektr stansiyasini qurish loyihalarini hayotga tatbiq qilishning bugungi holati muhokama qilindi. Mazkur investitsiya loyihalari qurilishini joriy yilning aprel oyida boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yangi yirik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish orqali kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish istiqbollari yuzasidan ham fikr almashildi.