“S.Verenin’s Legal Group” advokatlik firmasi va “Chirchiq” Texnoparki boshqaruv kompaniyasi» MChJ QK o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
2023-yil 2-iyun kuni “S.Verenin’s Legal Group” advokatlik firmasi va “Chirchiq” Texnopark boshqaruv kompaniyasi” MChJ QK o‘rtasida Hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Shartnomaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- xorij investitsiyalarini izlash va jalb etish jarayonida qo‘shma loyihalar, texnopark faoliyatiga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash;
- xorijiy tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida axborot olishda yordam ko‘rsatish;
- tadbirkorlik subyekti sifatida texnopark rezidentlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
- xalqaro savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish;
- eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarning mahalliy brendlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- me’yoriy-huquqiy hujjatlar, tahliliy-metodik hujjatlar loyihalarini tayyorlash, ilmiy maqolalar chop etish, texnopark faoliyatiga oid davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazish.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi sanoat parki O‘zbekiston hududida xorijiy kompaniyalarning ishlab chiqarishini mahalliylashtirish uchun mo‘ljallangan. Texnopark rivojlangan muhandislik infratuzilmasiga ega boʻlib, har qanday yer uchastkasi va binodan piyoda masofada elektr taʼminoti tarmoqlariga ulanish nuqtalari mavjud.
Texnopark rezidentlari past tonnajli kimyo, polimerlarni qayta ishlash, energetika, mashinasozlik, resurslarni tejash va energiya samaradorligi, tibbiyot texnologiyalari sohalari bilan shug‘ullanuvchi kichik va o‘rta biznes subyektlaridir.
Chirchiq_Texnopark