03 oktabr 2024

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) Bosh kotibi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha Butunjahon anjumanida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) Bosh kotibi Rebeka Grinspan bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Muloqotda UNCTAD bilan hamkorlikni kengaytirish, investitsiya siyosati, tashqi savdo, barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, shuningdek, mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish va boshqa masalalarga eʼtibor qaratildi. Ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlarda faol hamkorlik qilishga kelishib olindi.