12 oktabr 2026

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri “Masdar” kompaniyasining biznes va loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi

6-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov “Masdar” kompaniyasining biznes va loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Abdulla Muhammad Abdulla Zaid bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda ISSV matbuot xizmati.

Uchrashuvda qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollari, shuningdek, O‘zbekistonda yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

“Masdar” kompaniyasining O‘zbekistondagi portfeli qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi 9 ta loyihani qamrab olgan bo‘lib, ularning umumiy investitsiya hajmi 4,2 mlrd dollar, umumiy quvvati esa 4,8 GVtni tashkil etadi.

Quyosh energetikasi va energiyani saqlash tizimlari sohasidagi loyihalarni jadallashtirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda yangi istiqbolli loyihalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.