O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Koreyaning “Shindong Resources” kompaniyasi asoschisi Kim Yong Gu bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
“Shindong Resources” Janubiy Koreyaning foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi.
Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirish hamda amaliy hamkorlikni kengaytirishga o‘zaro tayyorligini bildirdilar.