28 yanvar 2026

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan “100 mahsulot akseleratori” dasturi ishga tushirdi va mahsulotlar bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan “100 mahsulot akseleratori” dasturi ishga tushirdi va mahsulotlar bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi “100 mahsulot akseleratori” dasturi ishga tushirilganini hamda tadbirkorlardan eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar bo‘yicha arizalar qabul qilinayotganini ma’lum qiladi.

Dastur doirasida xalqaro bozorlarga chiqish salohiyatiga ega bo‘lgan 100 ta istiqbolli mahsulot va ularni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tanlab olinadi.

Dasturda ishtirok etish uchun tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchi korxonalar aniq mahsulotlar bilan murojaat qilishlari lozim.

Tanlov mahsulotning raqobatbardoshligi, kompaniyaning eksport salohiyati va tayyorgarligi, bozorga mosligi va ko‘lamlanish imkoniyati, shuningdek, mahsulotning barqaror rivojlanish potensiali asosida amalga oshiriladi.

Tanlab olingan ishtirokchilarga vazirlik tomonidan davlat ko‘magi, professional konsalting va mentorlik, sertifikatlash, brending hamda eksport kanallarini rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Dastur 2026-yil 31-dekabrgacha amalga oshiriladi.

Mahsulotlar bo‘yicha arizalar ushbu havola orqali qabul qilinmoqda https://forms.gle/rj3cmwv7MwXDgnXMA

Arizalar topshirish muddati – 2026 yil 6-fevralgacha
Tanlov natijalari – 2026 yil 28-fevral