28 Noyabr 2023

Niderlandiyaning Spar supermarketlar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kiradi

Niderlandiyaning “Spar” supermarketlar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kiradi, deb xabar beradi Spot, “Korzinka” matbuot xizmatiga tayanib.

Xalqaro kompaniya mamlakatda “Korzinka” orqali faoliyat olib borishi hamda birinchi do‘konlari 2024-yilning o‘rtalarida ochilishi rejalashtirilgan.

Turli toifadagi to‘rtta do‘kon formatiga ega tarmoq orqali aholi Yevropa sifatli mahsulotlari assortimentidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deyiladi xabarda.

“Yuqori sifatli mahsulotlarga sodiqligi bilan mashhur bo‘lgan „Spar“ kabi chakana savdo giganti bilan hamkorlik bizga yanada qulayroq bo‘lishga imkon beradi”, — ded “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov.

Hamkorlik chakana savdoni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda xizmat ko‘rsatish va savdo sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Spar” supermarketlar tarmog‘i 1932-yilda Niderlandiyada tashkil etilgan. Kompaniya brend ostida birgalikda faoliyat yurituvchi mustaqil chakana va ulgurji sotuvchilarning xalqaro guruhi hisonlanadi.

Tarmoq besh qit’ada 48dan ortiq mamlakatlarda mavjud bo‘lib, har kuni 13 900dan ortiq do‘konlarda 14,7 mln mijozga xizmat ko‘rsatadi.