Joriy yilning 24-noyabr kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekiston bo‘yicha missiyasi rahbari Yasser Abdih boshchiligidagi delegatsiya hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi.
Uchrashuvda Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Koba Gvenetadze, shuningdek, jamg‘arma iqtisodchilari va soha mutaxassislari ishtirok etdi. O‘zbekiston tomonidan Markaziy bank raisi Timur Ishmetov, Milliy statistika qo‘mitasi raisi Behzod Hamroyev hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari qatnashdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda moliyaviy islohotlar va ularning natijalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Xususan, muhokamalar jarayonida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
O‘z navbatida, Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari O‘zbekistondagi iqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlarini ijobiy baholadi. Shuningdek, global noaniqliklarga qaramasdan, mamlakatimizda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar mustahkamlanib borayotgani alohida e’tirof etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy aloqalarni mustahkamlash hamda yuqoridagi masalalar yuzasidan fikrlar almashinuvi jarayonlarini kengaytirishga kelishib oldi.