14 aprel 2025

Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 13-aprel kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Eron Islom Respublikasi Prezidentining xalqaro ishlar va mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha birinchi vitse-prezidentining o‘rinbosari  Ali Najafi Xoshrudiy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va transport sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Oʻzaro savdoda barqaror va muvozanatli oʻsishga erishishga qaratilgan qoʻshma choralar kelishib olindi.

Shu bilan birga, joriy yilning may oyida Tehron shahrida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi Qo‘shma hukumatlararo komissiyaning navbatdagi 16-yig‘ilishi, qo‘shma biznes-forum va “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.