06 iyun 2024

‘‘Uzbek-Oman Investment Capital’’ kompaniyasi rahbari bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga oid masalalar muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev “Uzbek-Oman Investment Capital” kompaniyasi direktori Umar Bahram bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga koʻra, uchrashuv chogʻida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish yoʻllari muhokama qilindi.

Umar Baxrom O‘zbekiston bozorining yuqori salohiyatini qayd etib, O‘zbekistonda uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdorligini bildirdi. Shuningdek, u ‘‘Uzbek-Oman Investment Capital’’ kompaniyasi oʻzbekistonlik hamkorlar bilan faol hamkorlik qilishga tayyorligini taʼkidladi.

Foto: Anvar Ilyosov (“Dunyo” axborot agentligi)