17 Aprel 2023

Rossiya Federatsiyasidan neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi

14-aprel kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Aleksandr Novak o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasidan neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish hajmlarini oshirish, shuningdek, energetika sohasidagi loyihalarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. 

Mavjud masalalarni hal etishda o‘zaro manfaatli asosda doimiy hamkorlik qilib borishga kelishildi.