15 May 2023

O‘zbekiston-Gruziya hamkorligi masalalari muhokama qilindi

2023-yil 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Gruziyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Zurab Abdushelishvilini qabul qildi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikning ko‘plab yo‘nalishlarini qamrab olgan ikki tomonlama munosabatlarning an’anaviy yuqori darajasini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Iqtisodiyot, investitsiya, transport va logistika sohalarida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

O‘zbekiston va Gruziyada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun ishbilarmon doiralarni o‘zaro rag‘batlantirish amaliyotini davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.