29 avgust 2022

O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari X.Teshaboyev va Mo‘g‘ulistonning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi D. Bayarxuu (rezidensiyasi Nur-Sulton shahrida), deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish yo‘llari, shuningdek, 2022-yil 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi va Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida o‘tkazilgan siyosiy maslahatlashuvlarning 6-raundi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi ko‘rib chiqildi. 

Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, jumladan, toʻqimachilik, charm-poyabzal, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va avtomobilsozlik sanoatida ikki mamlakat bozorlariga yetkazib beriladigan yuqori qoʻshimcha qiymatli mahsulotlar turini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. 

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy harakatlar masalasi kelishib olindi.