06 avgust 2024

Rossiya hududlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va yanada kengaytirishga oid keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi

O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Novosibirskda shahar Savdo-sanoat palatasi (SSP) prezidenti Yuriy Bernadskiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

O‘zbekiston hududlari, Novosibirsk va Novosibirsk viloyati o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va yanada kengaytirishga doir keng ko‘lamli masalalar, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston bilan iqtisodiy hamkorlikning muhim natijalari qayd etildi, xususan, Rossiyaning ushbu hududidagi 60 ta Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi faoliyati, 2024-yil aprel oyida Novosibirsk viloyati delegatsiyasining “Innoprom. Markaziy Osiyo”, Chirchiq texnozonida Zdravmedtech kompaniyasining ishlab chiqarish maydonchasi ochilishi va boshqalar.

O‘zbekistonda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) negizida savdo-sanoat hamkorligini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Bu omil nafaqat ikki tomonlama sanoat kooperatsiyasining o‘zaro manfaatli tomonlarini aniqlash, balki O‘zbekistonda ham, Rossiyada ham eng ko‘p talab qilinadigan mahsulotlarning aniq ro‘yxatini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Rossiya tomoni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan bevosita ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Novosibirsk Savdo-sanoat palatasi rahbari O‘zbekistondan meva-sabzavot yetkazib berish Rossiyaning ushbu mintaqasi uchun muhim rol o‘ynashini ta’kidladi. Qayd etilishicha, bu masala joriy yilning kuzida Novosibirskda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama forum doirasida hal etiladi.