24 avgust 2026

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

2026-yil 21-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jamila Ashur bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yaqin istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar hamda dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.