21 May 2022

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yilning dastlabki to‘rt oyida 17 milliard AQSH dollaridan oshdi

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 17,2 milliard AQSh dollariga yetdi.

Davlat statistika qo‘mitasidan olingan maʼlumotga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,5 milliard AQSh dollariga ko‘p demakdir.

Shu bilan birga, tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport 7,1 milliard AQSh dollarini tashkil etdi, shundan mahsulotlar -6,2 milliard AQSh dollari, xizmatlar esa 837 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Import 10,1 milliard AQSh dollariga teng bo’ldi: mahsulotlar – 9,4 milliard AQSh dollari, xizmatlar – 727 million AQSh dollariga teng.

Qoldiq – 3 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.