06 Noyabr 2023

Korfez savdo palatasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Turkiya Respublikasi Korfez savdo palatasi vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi, deb xabar beradi SSP matbuot xizmati. 

Uchrashuv davomida Turkiya Respublikasidan temir mahsulotlarini yetkazib berish muhokama qilish jarayonida raisning birinchi oʻrinbosari Islom Jasimov mamlakatimiz sanoat yo’nalishlariga investitsiya kiritish hamda O’zbekistondan Turkiyaga qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetkazib berish taklifini ilgari surdi. 

Shuningdek, muloqotda ishtirok etgan delegatsiya vakillari oʻzlarining qiziqtirgan savollariga ham javob olishdi. 

Uchrashuv yakunlari bo’yicha Turkiya Respublikasi Korfez savdo palatasi va  Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Keyingi yillarda O’zbekiston Respublikasidan Korfez shahriga ishbilarmonlar delegatsiyasi tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.