30 Aprel 2024

Orascom Investment Holding tarkibidagi In2Metals kompaniyasi bilan hamkorlik bitimi imzolandi

2024-yil 30-aprel kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Bobir Islamov va vazirlik mas’ullari, In2Metals kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Maykl Beket hamda kompaniya bosh direktori Jerar De Hart boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar muhokama qilinib, ikki tomon o‘rtasida Hamkorlik bitimi imzolandi.