03 Aprel 2024

Avtomobil transportida yuk tashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha Ruminiya bilan kelishuv imzolandi

Buxarest shahrida avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Ruminiya qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi delegatsiyasi Ruminiya transport va infratuzilma vazirligi vakillari bilan avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasini rivojlantirish, ushbu jarayonda milliy tashuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish masalasini muhokama etishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar 2024-yilning 1-aprelidan ikki tomonlama va tranzit yuk tashuvlarini ruxsatnomasiz tizimda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.