13 Noyabr 2023

Sivas Savdo-sanoat palatasi bilan Memorandumlar imzolandi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Turkiyaning Sivas shahri Savdo-sanoat palatasi va tadbirkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi SSP matbuot xizmati.

Sivas Savdo-sanoat palatasi 1901-yilda Turkiyada tashkil etilgan bo‘lib, o‘z a’zolarinig boshqa mamlakatlarga ham savdolarini kengaytirishga yordam beradi.  Sivas shahrida 5 ta sanoat zonasi mavjud. Jumladan, qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat, toʻqimachilik, mebel, avtomobilsozlik, metallurgiya sanoati rivojlangan. 

Uchrashuv davomida Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov ishbilarmon doira vakillari takliflarini tinglab, o‘z mulohazalari bilan bo‘lishdi.

Tomonlar o‘zaro savdoni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar va O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Muloqot yakunida Sivas Savdo-sanoat palatasi bilan O’zbekiston Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyati boshqarmalari o‘rtasida Memorandumlar imzolandi.