“Bazalt Uzbekistan” kompaniyasi tijorat direktori Temur Mamadaminov boshchiligidagi delegatsiya Polshaga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Tashrif mamlakatimizning Varshavadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi. Tashrif doirasida “Bazalt Nolding” kompaniyasi prezidenti Stanislav Rokicki va “Polsha-Osiyo” savdo-sanoat palatasi prezidenti Yanush Pixotsinski bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuvda joriy yilning avgust oyida Polsha kompaniyasi rahbariyatining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi muhokama qilindi.
Polsha tomoni investitsiyaviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan bazalt va boshqa kompozit qurilish materiallarini xarid qilish, shuningdek, Yevropaning ilgʻor texnologiyalarini Oʻzbekistonga oʻtkazishga tayyorligini tasdiqladi.
Shuningdek, delegatsiya “Luba Sohn Holding” rahbari Kshishtof Slabi bilan ham uchrashuv o‘tkazdi, muzokaralar chog‘ida polistirol penobloklari (ko‘pikli panellar) va termal issiqlik uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 7-10 million AQSH dollariga teng investitsiya loyihasini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. O‘zbekistondagi modernizatsiya masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida joriy yilning dekabr oyida Luba Sohn Holding delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.