26 may 2023

O‘zbekiston elchisi Toshkentda tashkil etilayotgan Latviya investitsiyalar va rivojlanish agentligi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekiston elchisi Qadambay Sultonov tashkil etilayotgan Latviya investitsiyalar va taraqqiyot agentligi (LIAA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasini boshqaradigan Georgiys Voevoda bilan uchrashdi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi savdo, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni sezilarli darajada oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Georgijs Voevoda Latviya biznesining O‘zbekiston bilan istiqbolli hamkorlikka qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladi, bu LIAAning Toshkentda vakolatxonasini ochish to‘g‘risidagi qarorda namoyon bo‘ldi.

Georgiys Voevoda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida farmatsevtika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarini belgilab berdi.

Suhbat chog‘ida turli darajalarda bo‘lajak ikki tomonlama muloqotlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.