O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov ‘‘Turkish Arab commercial organization’’ (TACO) rahbari Bassam Fahd Sunyan al-G‘anim bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Muzokaralarda O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay muhit haqida ma’lumot berildi.
TACO vakili joriy yilning oktabr oyida bir guruh quvaytlik ishbilarmonlar va investorlar bilan birga O‘zbekistonning Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Sirdaryo viloyatlariga tashrif buyurishga taklif etildi.
Shuningdek, unga tibbiyot va qishloq xo‘jaligi sohasidagi istiqbolli investisiya loyihalari va tijorat takliflari taqdim etildi.
Turk Arab Tijorat Tashkiloti (TACO) 2021-yilda Quvayt, Turkiya va Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan. Tashkilotning bosh qarorgohi Istanbulda joylashgan. Uning eng muhim maqsadlaridan biri arab davlatlari oʻrtasida maslahatlashuvlar, texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash, loyihalarni huquqiy himoya qilish va sugʻurtalash, konferensiya va koʻrgazmalar tashkil etish kabi xizmatlarni koʻrsatish, arab va turk investorlari oʻrtasida koʻprik boʻlib xizmat qilishdir.