10 Oktyabr 2023

Misrlik tadbirkorlar O‘zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qohirada Misr xalqaro hamkorlik bo‘yicha ishbilarmonlar kengashi (EBCIC) raisi Motaz Raslan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Misr tadbirkorlarining biznes-forumlarini o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, milliy eksport mahsulotimiz turlari, keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga bag‘ishlangan taqdimot tashkil etildi.

Motaz Raslan 2024-yil may oyida O‘zbekistonga 15-20 kishidan iborat biznes missiyasini boshqarishga tayyorligini bildirdi. Bu delegatsiya tarkibiga investorlar, tegishli vazirliklar, parlament a’zolari kiradi.