09 mart 2023

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-yil 7-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Leo Dokerti bilan videokonferensaloqa orqali uchrashuv o’tkazdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.

Muloqot chog’ida 2022-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. 

Tomonlar O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarini kengaytirish yo’lida jadal saʼy-harakatlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.