Xitoyga tashrifi doirasida Farg‘ona viloyati ma’muriyati delegatsiyasi va tadbirkorlar Foshan va Guanchjou shaharlarida bir qator iqtisodiy tadbirlarda ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda ‘‘Dunyo’’ axborot agentligi muxbiri.
Xususan, Foshan munitsipalitetining iqtisodiy bo‘limlari va Savdo-sanoat palatasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish, sanoat hamkorligini rivojlantirish, yangi investitsiya va savdo loyihalarini amalga oshirish hamda shaharlararo hamkorlik shartnomasini imzolash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
‘‘Foshan Famous’’, ‘‘KORRA’’, ‘‘XINDA CLOVER’’, ‘‘CEBR Global Village Service’’, ‘‘Ronhunt Holdings PTE’’ va ‘‘Guandong Team Value Design & Construction’’ kabi yetakchi mintaqaviy kompaniyalar bilan elektrotexnika mahsulotlari, qurilish materiallari, mebel, maishiy kimyoviy moddalar ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi sohasida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Ushbu kompaniyalarning biznes missiyalari joriy yilning aprel-iyun oylarida Farg‘ona viloyati va uning infratuzilmasining salohiyatini o‘rganish uchun mamlakatimizga tashrif buyuradi.