22 Avgust 2019

LBMA investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish tizimini joriy etmoqda

Respublika rahbariyati tomonidan loyihalarni jadal amalga oshirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida LBMA «Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat qilish va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimini  joriy etmoqda, bu esa respublika bo‘yicha investitsiya va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Investitsiya va mahalliy dasturlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini monitoring qilish imkonini beradi. Loyiha doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlarini o‘qitish ham rejalashtirilgan.

Ishlab chiqilgan tizim qo‘yidagi imkonlarni beradi:

loyihalarni hisobga olish, ularning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish jarayonlarini avtomatlashtirish;

loyihalarning muddatlari, budjeti, maqsadlari va ko‘rsatkichlari ustidan nazoratni amalga oshirish;

investitsiyalar, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning jalb etilgan va o‘zlashtirilgan hajmlari bo‘yicha ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish;

loyihalarni amalga oshirishda quvvatlarni o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha xavf-xatarlarni aniqlash;

investitsiyadan keyingi davrda, loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni kuzatib borish.

Tizimni ishlab chiqishda investitsiya dasturlari amalga oshirilishining istiqboldagi talablari va tendensiyalari inobatga olingan. Tizimning funksional imkoniyatlari maksimal darajada «egiluvchan» formatda yaratilgan bo‘lib, qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, tizim foydalanuvchilari va administratorlari uchun tizimli zanjirlarni sozlash imkoniyatini beradi. Kiritiladigan va tizimdan olinadigan loyihalar amalga oshirilishini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar, shakllar, jadvallar va infografikalarni sozlash parametrlari deyarli chegaralanmagan imkoniyatlarga ega.

Ayni paytda tizim test rejimida ishlamoqda, loyihalar tashabbusi bilan chiqish, ularni amalga oshirish, nazorat va monitoring qilish jarayoniga jalb etilgan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarini tizimga ulash yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

Axborot tizimini joriy etish real vaqt rejimida samarali monitoring olib borish, loyihalarning belgilangan muddatlarda bajarilishini, investitsiyalar jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar o‘zlashtirish shaffofligini ta’minlash, loyihalarni amalga oshirishda xavflarni prognozlash va oldini olish, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish va bu orqali loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi.

Loyiha haqida ma’lumot beruvchi video