Rossiyaning “NPO RIF Corporation” AJ kompaniyasi vakillari Chirchiq kimyo-sanoat texnoparki bilan tanishdi, deb xabar beradi «UzDaily.uz».
Uchrashuvda texnopark jamoasi loyiha, investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, mehmonlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
“NPO RIF Corporation” AJ Voronejda tashkil etilgan. Korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlari temir yo‘l transporti uchun sanoat mahsulotlari, zamonaviy qalin plyonkali isitish elementlari asosidagi mahsulotlar, gibrid mikroelektronika texnologiyasi asosidagi mahsulotlar, akustoelektronika, fotodetektorlar, kam quvvatli elektr motorlar va quruq transformatorlar ishlab chiqarishdan iborat.