17 Avgust 2023

O‘zbekiston va Isroil Savdo-sanoat palatalari rahbarlari hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasida Isroil Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi (SSPF) raisi Uriel Lin va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovlar ishtirokida muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

SSPF 1919-yilda notijorat tashkilot sifatida tashkil etilgan. Federatsiya 6 ta hududiy savdo-sanoat palatasidan iborat bo‘lib, 5 mingdan ortiq korxona va kompaniyaga turli xizmatlar ko‘rsatmoqda. Tashkilotga aʼzo boʻlgan korxonalarning 95 foizi kichik, 5 foizi oʻrta korxonalardir.

2013-yilda O‘zbekiston va Isroil Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolangan edi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston va Isroil Savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, to‘qimachilik va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, oʻzbek mahsulotlari eksportini koʻpaytirish boʻyicha amaliy choralar koʻrilmoqda.