Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasida 2030-yilgacha bo‘lgan asosiy vazifalarni ma’lum qildi, deb xabar beradi UzDaily.uz.
“O‘zbekistonda 2030-yilga borib tibbiyotga byudjetdan ajratiladigan yillik mablag‘lar hajmi ikki barobarga oshiriladi, bu ko‘rsatkichni 6 milliard dollarga yetkazamiz. Sog‘liqni saqlash tizimi to‘liq raqamlashtiriladi, tibbiy sug‘urta tizimi joriy etiladi. Kelgusi yildan boshlab aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami orqali eng ko‘p uchraydigan 10 ta kasallikni davolash va 6 ta tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun “kafolatlangan tibbiy paket” bepul taqdim etiladi. Buning sharofati bilan aholining tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan murojaatlarining 70 foizi birlamchi bosqichda hal etiladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasidagi 2030-yilgacha bo‘lgan asosiy vazifalarni ma’lum qildi.
Ular:
Buning uchun:
«Saraton kasalligiga chalingan bemorlarning hayotini saqlab qolish maqsadida mamlakatimizda birinchi marta o‘zak hujayra transplantatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi. Ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun bunday operatsiyalar uchun sarflanadigan xarajatlar to‘liq davlat tomonidan qoplanadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zLiDeP qurultoyida Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi yaratiladi. Endi ular ortopediya, reabilitatsiya, tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlarini o‘zlari tanlashi mumkin bo‘ladi. Ular uchun davlat to’laydi.