18 oktabr 2023

Ipak yo‘li mamlakatlari direktorlarining xalqaro biznes sammiti bo‘lib o‘tadi

19-oktabr kuni Toshkentda Ipak yo‘li mamlakatlari direktorlarining xalqaro biznes sammiti bo‘lib o‘tadi.

Direktorlar biznes sammiti bu mintaqadagi muhim xalqaro biznes-tadbir boʻlib, direktorlar uchun tajriba va ilgʻor biznes amaliyotlarini almashish maydoni hisoblanadi.

2023-yil kun tartibida Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini oʻzgartirish, xalqaro kapitalni jalb qilish, davlat aktivlarini xususiylashtirish va IPO’larga kirish masalalari, kuzatuv kengashlari/direktorlar kengashlarini professionallashtirish masalalari, joriy tendentsiyalar va muammolar, boshqaruv xodimlarini jalb qilish va o‘qitish, shuningdek, ilg‘or innovatsion texnologiyalar va biznes modellarni joriy etish, moliya institutlarini raqamlashtirish, kiberxavfsizlik, biznesni saqlash va rivojlantirishda sun’iy intellektdan foydalanish koʻrib chiqiladi.

Ishtirok etish uchun havola orqali ro’yxatdan o’tish kerak.