Hurmatli tadbirkorlar!
2024-yil 14-iyun kuni Toshkent shahri “Tashkent City Congress Hall”da O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi bo‘lib o‘tadi.
Siz koreyalik hamkasblaringiz bilan kelgusidagi hamkorlik va sheriklik istiqbollarini muhokama qilishingiz, foydali aloqalar o‘rnatishingiz va o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzishingiz mumkin bo‘ladi.
Forumda Koreyaning 250 dan ortiq yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirok etadi. “Global ta’minot zanjirini mustahkamlash”, “Sanoat kelajagi uchun hamkorlikni mustahkamlash”, “Energetika va infratuzilma sohasida hamkorlik mustahkamlash” mavzularida panel sessiyalari bo‘lib o‘tadi.
Biznes-forumda ishtirok etish uchun havolada ko‘rsatilgan shaklni to‘ldirishingizni so‘raymiz.