02 oktabr 2024

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri ‘‘Nile Sugar’’ kompaniyasi bosh direktori bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir Laziz Kudratov Misrning ‘‘Nile Sugar’’ kompaniyasi bosh direktori Emad Farid bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Suhbat chog‘ida kompaniyaning Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish va yillik quvvati 200 ming tonna shakar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasining borishi atroflicha ko‘rib chiqildi.

‘‘Nile Sugar’’ vakillari O‘zbekistonda investitsiya faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadilar.

Uchrashuv yakunida Misr tajribasi va texnologiyasidan foydalangan holda loyiha qurilishini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

2006-yilda tashkil etilgan Misrning ‘‘Nile Sugar’’ kompaniyasi ‘‘Orascom Group’’ xoldingi tarkibiga kiradi. Misrdagi eng yirik shakar ishlab chiqaruvchisidir.