[widget id="qtranslate-2"]
20 aprel 2023

SSP Palata raisining Ruminiya elchisi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 19-aprel kuni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahabov va Ruminiyaning Favqulodda va muxtor elchisi D.Chiobanu oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi SSP matbuot xizmati.

Uchrashuvda tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni bugungi holatini, shuningdek, Oʻzbekiston va Ruminiya oʻrtasidagi turli sohalardagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida tashriflar, biznes-forumlar, B2B muzokaralar, koʻrgazma va yarmarkalar tashkil etish orqali o’zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida, tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida kelgusida Ruminiya Savdo-sanoat palatasi ishtirokidagi Ruminiya delegatsiyasining O’zbekistonga tashrifini muhokama qilishga kelishib oldi. SSP raisi Ruminiya ishbilarmon doiralarini yurtimizga tashrifini tashkil etishga koʻmak berishi to’g’risida ta’kidladi.