Joriy yilning 28-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, Tashqi savdoni tarif va notarif tartibga solish Kengashi raisi Laziz Kudratov rahbarligida Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Kengash yig‘ilishini o‘tkazishdan asosiy maqsad – ichki bozorda asosiy iste’mol mahsulotlari narxi barqarorligi hamda respublika sanoati tarmoqlarini sifatli xomashyo mahsulotlari bilan ta’minlash va mahalliy mahsulotlarning ichki bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan takliflarni ko‘rib chiqish.
Kengash yigʻilishida mas’ul vazirlik va idoralar, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, charm-poyabzal, qurilish va metallurgiya sanoati sohasida faoliyat yurituvchi idoralar va korxonalar vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibida Kengash a’zolari tomonidan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
Ushbu masalalar yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar tegishli sanoat tarmoqlari va korxonalari vakillari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakuniga ko‘ra Kengash a’zolari tomonidan kun tartibiga muvofiq muhokama qilingan masalalar yuzasidan zarur choralarni amalga oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.