Joriy yilning 26-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yaponiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Yaponiya ishbilarmonlar klubi yigʻilishida ishtirok etdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Uchrashuvda ‘‘Mitsubishi Corporation’’, ‘‘Sumitomo Corporation’’, ‘‘Summit Motors’’, ‘‘YKK’’, ‘‘Toyota Tsusho Corporation’’, ‘‘Internet Initiative Japan Inc.’’, ‘‘Mitsui & Co.’’, ‘‘Yokogawa Electric’’, ‘‘HHH Central Asia’’, ‘‘Kubota’’, ‘‘Masui’’ kabi yirik Yaponiya kompaniyalari, shuningdek, ‘‘JETRO’’, ‘‘JICA’’ tashkilotlari va Oʻzbek-Yapon Markazi rahbarlari ishtirok etdilar.
Laziz Kudratov o‘zining qutlash nutqida O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligining rivojlanish dinamikasini alohida ta’kidladi.
Joriy yil boshidan buyon O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 barobar, mamlakatimiz iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan investisiyalar 40 barobar, qo‘shma korxonalar soni 8 barobar oshdi. Oxirgi yetti yilda yapon kompaniyalari ishtirokida energetika, turizm, kimyo va mebel sanoatida umumiy qiymati 2,4 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirildi. Moliyaviy-texnik hamkorlik doirasida sog‘liqni saqlash, energetika, raqamlashtirish, ta’lim va boshqa sohalarda umumiy qiymati 7 milliard dollardan ortiq bo‘lgan qator loyihalar amalga oshirildi.
Uchrashuv yakuniga koʻra tomonlar oʻzaro manfaatli loyiha tashabbuslari roʻyxatini tasdiqladilar, ular boʻyicha dastlabki kelishuvlar va shartnomalar tuzildi hamda har ikki tomondan ijrochilar aniqlandi. Har bir tashabbus qurilish vaqtida ham, keyingi ekspluatatsiya jarayonida ham har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi.