17 sentabr 2026

Jahon xalqaro moliya markazlari alyansi (WAIFC) Kengashi Toshkent xalqaro moliya markazini Alyansning to‘laqonli a’zosi sifatida qabul qildi

15-sentabr kuni Pusan shahrida Jahon xalqaro moliya markazlari alyansi (WAIFC) Kengashi Toshkent xalqaro moliya markazini Alyansning to‘laqonli a’zosi sifatida qabul qildi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.

WAIFC London, Frankfurt, Lyuksemburg, Dubay, Gonkong, Pusan va Astana kabi yetakchi moliya markazlarini birlashtiradi. Toshkent 2022-yildan buyon Alyans faoliyatida ishtirok etib kelmoqda va avval kuzatuvchi maqomiga ega edi.

To‘laqonli a’zolik moliyaviy tartibga solish, investorlar huquqlarini himoya qilish va zamonaviy moliyaviy instrumentlarni rivojlantirish sohalaridagi ilg‘or xalqaro amaliyotlardan foydalanish imkonini beradi, shuningdek, Alyansning qo‘shma tadqiqotlari va ekspert dasturlarida ishtirok etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Toshkent xalqaro moliya markazi uchun bu uning rasmiy ishga tushirilishidan avvalgi ilk xalqaro e’tirofdir. WAIFCga a’zolik O‘zbekistonning yangi moliyaviy platformasiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi va uning global moliyaviy hamjamiyatga yanada integratsiyalashuviga xizmat qiladi.