“Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–150-son, 09.06.2022 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2022-yil 1-iyuldan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kichik tadbirkorlar loyihalariga banklarning 5 mlrd so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun 3 yil muddatgacha kompensasiya taqdim etiladi.
Jamg‘arma tomonidan tijorat banklari kreditlariga kafillik:
Jamg‘arma tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga kompensasiya va kafillik banklarning faqat milliy valyutadagi kredit va lizinglari uchun beriladi.
Moliyaviy yordamlar bitta tadbirkorning faqat bitta loyihasiga tatbiq etiladi hamda tadbirkor shartnoma amal qilgan kredit bo‘yicha qarzdorlik to‘liq qaytarilganda, moliyaviy yordam olish uchun Jamg‘armaga takroran murojaat qilishga haqli bo‘ladi.