«Faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada rag’batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’ymaslik hamda qo’shimcha ish o’rinlarini yaratishga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi Prezident qarori (PQ–192-son, 14.06.2023 y.) qabul qilindi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Qarorga ko’ra, 2023 yil 1 iyun holatiga quyidagilar hisobdan chiqariladi:
Ushbu soliq qarzi, penya va jarimalarni undirish bilan bog’liq sud va ijro ishlari tugatiladi.
2024-yil 1-iyungacha yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer solig’ining 3 karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibi to’xtatiladi.
Fermer xo’jaliklariga 2023-yil 1-iyun holatiga shakllangan suv solig’idan qarzini 12 oy mobaynida teng ulushlarda foizsiz bo’lib-bo’lib to’lashga ruxsat etildi.
2023-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan ko’p bo’lgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlari bo’yicha to’langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini quyidagi shartlarga bir vaqtning o’zida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etiladi: