Kecha o‘zbekistonlik diplomatlar Valloniya eksport-investitsiya agentligining Yevropa direktori Iv Richard, mintaqaviy menejeri Aleksandra Tonkix hamda Vallon va Bryussel mintaqalari bo‘yicha savdo va investitsiyalar bo‘yicha maslahatchi Erik Bletard (videokonferensiya orqali) bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.
Oʻzbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, Valloniya eksport-investitsiya agentligi yoki Valloniya tashqi savdo va investitsiya agentligi (AWEX) Valon mintaqasining tashqi savdoni rivojlantirish va xorijiy investorlarni jalb qilish uchun masʼul boʻlgan departamentidir. «AWEX» Vallon kompaniyalarini xalqarolashtirishning har bir bosqichida (eksport, texnologik hamkorlik, chet eldagi vakolatxonalar) hajmi, faoliyat sohasi yoki maqsadli bozorlaridan qat’i nazar, qo’llab-quvvatlaydi.
Uchrashuvda Vallon viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi kundagi rivojlanishi, eksportni rivojlantirish va xorijiy sarmoyalarni jalb etish bo‘yicha o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish tendensiyalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha aloqalarni muntazam ravishda yoʻlga qoʻyish, axborot almashish, bundan tashqari, AWEX shafeligidagi delegatsiya (savdo missiyasi)ning iyun oyida Oʻzbekistonga safari masalasini birgalikda oʻrganish boʻyicha kelishuvga erishildi.