13 Aprel 2024

Tyumen viloyati Savdo-sanoat palatasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi

“Siberia Weal” kompaniyasi Rossiya korxonalarining mahalliy bozorga kirishiga yordam berish maqsadida O‘zbekistonda ish boshladi. Bu haqida, Rossiyaning Toshkentdagi savdo vakolatxonasiga tayanib, Spot xabar beradi.

Konsalting firmasi Tyumen viloyati Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan va uning vakolatxonasi sifatida faoliyat yuritadi. Kompaniya mutaxassislari ushbu mintaqadagi va Rossiyaning boshqa hududlaridagi kompaniyalarga to‘liq xizmatlarni taqdim etishadi.

Xizmatlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:

  • mahalliy yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlash;
  • moliyaviy hisobotlarni yuritish;
  • “Made in Uzbekistan” sertifikatini olish;
  • potensial xorijiy hamkorni izlash va tanlash;
  • ijara uchun binolarni tanlash (Toshkent va Toshkent viloyatida);
  • biznes uchun mehmonxona tanlash va bron qilish (Toshkent va Toshkent viloyatida);
  • o‘zbek tilidan rus tiliga va aksincha, og‘zaki va yozma tarjima;
  • individual biznes missiyalarini tashkil etish;
  • ko‘rgazma tadbirlarida ishtirok etish va boshqalar.