“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, so‘ngi paytlarda O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasida to‘qimachilik sohasidagi hamkorlik jadal rivojlana boshladi. O‘zbekiston to‘qimachilik delegasiyasi Bangladesh fabrikalariga qator tashriflari davomida tayyor mahsulot ishlab chiqarish tajribasini faol o‘rganib bormoqda. O‘z navbatida, ushbu hamkorlik tarixidagi muhim voqea sifatida Bangladeshning “Beximco Group” kompaniyasi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbarlarining uchrashuvi hisoblanadi.
“Beximco Group”ning Bosh direktori janob Husayn O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi va salohiyati natijalarini ko‘rib chiqib, qiziqish bildirdi. U Yevropa va MDH bozorlariga bojsiz eksport qilish imkoniyatini alohida ta’kidlab, o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining jahon to‘qimachilik sanoatidagi afzalliklarini keltirdi. Bu omil O‘zbekistondan Yevropaga tovarlar eksportini Bangladeshga qaraganda bir necha barobar tezroq – 30 kunga nisbatan atigi 10 kunda amalga oshiradi.
Natijada tomonlar O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasini rivojlantirish istiqbollarini aks ettiruvchi muhim kelishuvlarga erishdilar.
Bunda taniqli kiyim-kechak brendlari ostida tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish uchun O‘zbekistonda qo‘shma mega-ishlab chiqarishni yaratish, O‘zbekistonda kanop tolasi va undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha investisiya loyihasini amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston fabrikalarida ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligi va sifatini oshirish uchun bangladeshlik texnolog va dizaynerlarni jalb qilgan holda ip kalava va trikotaj ishlab chiqarishda “Beximco” tajribasidan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Ma’lumot uchun: 1970-yillarda Bangladeshda tashkil etilgan BEXIMCO Group mamlakatdagi eng yirik xususiy kompaniya bo‘lib, YaIMga deyarli 75% hissa qo‘shadi. U turli sohalarda, shu jumladan to‘qimachilikda ham taqdim etilgan. Yillik daromadi 2 milliard AQSh dollaridan oshadi va unda dunyo bo‘ylab 70 000 dan ortiq odam ishlaydi. Ularning faoliyati orasida ichki bozor uchun ham, H&M, Zara va boshqalarni o‘z ichiga olgan jahon brendlari uchun erkaklar, ayollar va bolalar uchun paxta va poliester kiyimlarini ta’minlaydigan vertikal ravishda birlashtirilgan to‘qimachilik ishlab chiqarishi mavjud.