29 May 2024

O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor

Joriy yilning 27-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Prezident V. Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi dasturi doirasida O‘zbekiston va Rossiya kompaniyalari, hudud va tarmoqlari rahbarlari bilan uchrashuvda ishtirok etdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Tadbir norasmiy muloqot uchun o‘ziga xos platforma bo‘lib, unda ikki mamlakat kompaniyalari, hududlar ma’muriyatlari va tegishli vazirliklar rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlik rejalari va strategiyalarini muhokama qilishlari mumkin.

Tadbirda ikki davlat delegatsiyalariga O‘zbekiston tomonidan – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjaev, Rossiya tomonidan – Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov boshchilik qildi.

Biznes-nonushta tarzida otkazilgan ushbu uchrashuv ochiq va ishonchli ruhda o‘tdi. Uning davomida ishbilarmon doiralar vakillari va hududlar rahbarlari erkin va samimy suhbatda amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishda faol ishtirok etdi.

Uchrashuv Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga Davlat tashrifi doirasida o‘tkazilishining ahamiyati ta’kidlandi, bu mubolag‘asiz, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarda yangi bosqich bo‘ladi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga Davlat tashrifi doirasida uchrashuv o‘tkazilishi muhimligi qayd etildi, natijada bu ikki davlatning ko‘p qirrali aloqalarida yangi bosqichni belgilab, mubolag‘asiz tarixiy ahamiyatga ega bo‘ladi.

Mamlakatlarimiz iqtisodiyotlarining turli tarmoqlarida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining o‘sish dinamikasini saqlab qolish, investitsiya loyihalarini ilgari surish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbir davomida savol-javoblar sessiyasi bo‘lib o‘tdi, unda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni, shu jumladan o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish va qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etishning amaliy jihatlari, davlat organlarining yordami bo‘yicha batafsil javoblar berildi.

Jamshid Xodjayev O‘zbekistonda investitsiya tashabbuslarini amalga oshirishda hukumatning ishbilarmon doiralar vakillariga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligiga e’tibor qaratdi.

O‘z navbatida, Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov ikki davlat rahbarlarining o‘zaro ishonchi tufayli Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ijobiy dinamikasini ta’kidladi. Shuningdek, hukumatlar, hududlar va biznes doiralari darajasida ikki tomonlama aloqalar va qo‘shma loyihalarni rivojlantirishga o‘zaro qiziqish bildirilmoqda. Uning fikriga ko‘ra, barcha darajadagi bunday yaqin hamkorlik formati hokimiyat organlariga har ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining talablariga zudlik bilan javob berishga va birgalikda kerakli echimlarni topishga imkon beradi.

“Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari tomonidan qo‘yilgan masala – 2030-yilga kelib o‘zaro savdo hajmini ikki baravar oshirish bo‘yicha umumiy katta vazifamiz bor. Biz buni amalga oshirishga kirishdik”, dedi Maksim Reshetnikov. – Buning uchun biz savdo munosabatlarni ikki baravar oshirish bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston ishchi guruhini tuzdik, unga tegishli idoralar vazirlarining o‘rinbosarlari kirdi. Guruhlar yordamida savdo va investitsiyalar uchun sharoitlarni yaxshilaymiz, biznes-loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasini faollashtiramiz.

Biznes-nonushta davomida tadbirkorlar o‘zilarini qiziqtirgan savollar berdilar hamda Hukumatlararo komissiya, Rossiya-O‘zbekiston va O‘zbekiston-Rossiya ishbilarmonlar kengashi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqiladigan loyihalarini taqdim etdilar.