4-5-sentabr kunlari amaliy tashrif bilan AQShda boʻlib turgan investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov ushbu mamlakatning «Air Products», «Exxon Mobil», «Abbott», «HP», «Valmont Industries», «General Electric», «Caterpillar», «US Inc», «Silverleafe» va «John Deere» kabi bir qator yirik kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Bu haqida ISSV matbuot xizmati xabar beradi.
Muzokaralar davomida Oʻzbekistonda energetika, sogʻliqni saqlash, suv xoʻjaligi, elektronika, togʻ-kon sanoati va qishloq xoʻjaligi uchun yirik texnikalar ishlab chiqarish, geologik-qidiruv ishlarini olib borish va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
AQShga amaliy tashrif davom etmoqda.